Forbes nashri o‘zining har yili e’lon qilinadigan dunyoning eng boy insonlari ro‘yxatini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Amazon asoschisi Jeff Bezos 2021 yil bo‘yicha dunyoning eng boy insoni bo‘ldi. Uning boyligi 177 mlrd dollarga (bir yil ichida 64 mlrd dollarga oshgan) baholanmoqda. Jeff Bezos ushbu nomni ketma-ket to‘rt yildan beri hech kimga bermay kelmoqda.

Ikkinchi o‘rinni esa boyligini bir yil ichida 6 baravarga oshirib, umumiy boyligi 151 mlrd dollarga (24,6 mlrd dollar) baholanayotgan, SpaceX va Tesla kompaniyalarini boshqaruvchi Ilon Mask egalladi.

Louis Vuitton Moët Hennessy kompaniyalar guruhi prezidenti Bernard Arno esa 150 mlrd dollarlik boyligi bilan uchinchi o‘rindan joy oldi. Uning boyligi yil davomida deyarli 2 baravarga oshgan.

Forbes bo‘yicha top-10'lik quyidagicha:

  1. Jeff Bezos, 57 yoshda, AQSH, 177 mlrd dollar (bir yil ichida 64 mlrd dollarga ko‘paygan), Amazon;
  2. Ilon Mask, 49 yoshda, AQSH, 151 mlrd dollar (+126,4), Tesla;
  3. Bernar Arno, 72 yoshda, Fransiya, 150 mlrd dollar (+74), LVMH;
  4. Bill Geyts, 65 yoshda, AQSH, 124 mlrd dollar (+26), Microsoft;
  5. Mark Sukerberg, 36 yoshda, AQSH, 97 mlrd dollar (+42,3), Facebook;
  6. Uorren Baffet, 90 yoshda, AQSH, 96 mlrd dollar (+28,5), Berkshire Hathaway;
  7. Larri Ellison, 76 yoshda, AQSH, 93 mlrd dollar (+34), Oracle;
  8. Larri Peydj, 48 yoshda, AQSH, 91,5 mlrd dollar (+40,6), Google;
  9. Sergey Brin, 47 yoshda, AQSH, 89 mlrd dollar (+39,9), Google;
  10. Mukesh Ambani, 63 yoshda, Hindiston, 84,5 mlrd dollar (+19,9), Reliance Industries.

Shuningdek, USM Holdings asoschisi va asosiy aksioneri Alisher Usmonov ushbu ro‘yxatda 99-o‘rindan joy olgan (Rossiya bo‘yicha 7-o‘rin). Alisher Usmonovning boyligi bir yil ichida 13,4 mlrd dollardan 18,4 mlrd dollarga oshgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilgi «Forbes» reytingidan 2755 nafar milliarder joy olgan (bu 2020 yilga nisbatan 660 taga ko‘p). Ularning umumiy boyligi 2020 yildagi 5,08 trln dollardan rekord darajadagi 13,08 trln dollarga yetgan.