Kubaning Guantanamo prefekturasidagi harbiy bazada joylashgan AQSH qamoqxonasining eng maxfiy bo‘limi hisoblanadigan 7-lagerdagi barcha mahbuslar boshqa bo‘limga o‘tkazildi, deya xabar berdi RIA Novosti AQSH janubiy qo‘mondonligi ma’lumotlariga asoslangan holda.

Ushbu qamoqxonada hozirda jami 40 nafar mahbus saqlanmoqda. Biroq 7-lagerda qancha mahbus saqlangani haqida ma’lumot berilmadi.

7-lager yopilgach, endilikda qamoqxonadagi barcha mahbuslar ikkita lagerda (bungacha uchta lagerda saqlangan) saqlanadi, bu esa «qamoqxona xarajatlarini» kamaytiradi.

Ma’lumot uchun, 7-lager 2006 yilda tashkil qilingan bo‘lib, ikki yilgacha uning mavjudligi sir saqlangan. Lager «juda qadrli mahbuslar» uchun yaratilgan.

Guantanamo qamoqxonasi 2001 yil 11 sentyabrda ro‘y bergan teraktlardan so‘ng 2002 yilda tashkil qilingan. 2003 yilda Guantanamodagi qamoqxonada deyarli 700 nafar mahbus saqlangan.