«2021 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida"gi prezident farmoni loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

Unga ko‘ra, 2021 yilda quyidagi sanalar qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilanishi mumkin:

14 may-juma va 31 dekabr -juma kunini ham qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilash taklif qilinmoqda.

Bundan tashqari, 15 may- shanba, 21 iyul — chorshanba, 22 iyul — payshanba kunlari barcha xodimlar uchun ish haftasining turidan qat’i nazar, dam olish kunlari etib belgilanishi taklif etildi.

Fevral oyida imzolangan prezident farmoniga binoan, bundan buyon Navro‘z, Mustaqillik kuni va Yangi yilni, shuningdek Ramazon Hayit (Iyd al-Fitr) va Qurbon Hayit (Iyd-al-Adha) diniy bayramlarini nishonlash paytida kamida uch kun ishlamaydigan kunlar etib belgilanishi ko‘zda tutilgan. Ular qo‘shimcha va ko‘chirilgan ish kunlari hisobiga kiritiladi.