SPB TV kompaniyasi O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan o‘zbek tilidagi telemahsulotlarni butun MDH bo‘ylab translyatsiya qilish bo‘yicha shartnoma imzolashdi, deya xabar berdi TASS.

Kelishuvga ko‘ra, 12 ta o‘zbek tilidagi telekanallar translyatsiyalari mart oyidan boshlanadi.

Ma’lumot berilishicha, Rossiya va MDH mamlakatlari bo‘ylab, auditoriya kamida 2,5 mln tomoshabinni tashkil qiladi. SPB TV bosh direktori Kirill Filippovning aytishicha, birgina Rossiyaning o‘zida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarosi istiqomat qiladi.