Avstraliyaliklarga noma’lum yo‘nalishdagi parvozlar taklif etiladi

Avstraliyaning Qantas aviakompaniyasi pandemiya sababli sayohatlarning pasayishi bilan kurashish strategiyasini ishlab chiqmoqda va noma’lum yo‘nalishdagi kunlik sayohat xizmatini ochmoqda. Birinchi marta mahalliy turizmni ommalashtirish uchun bunday sayohatlar 1990-yillarda paydo bo‘lgan. «Sirli parvozlar»ning maqsadi ko‘proq yo‘lovchilarni mamlakat ichida sayohat qilish uchun jalb qilishdir. Parvozlar 737 dollardan boshlanadigan ekonom klass tariflari bilan Brisben, Melburn yoki Sidneydan uchta Qantas Boeing 737 samolyotlaridan birida amalga oshiriladi. 2022 yilgacha xalqaro chegaralar ochilishi ehtimoldan yiroq bo‘lganligi sababli Qantas hukumatdan Covid-19'ga qarshi emlash Avstraliyada amalga oshirilgandan so‘ng, ichki sayohat to‘g‘risida qaror qabul qilishni iltimos qildi. Yanvar oyida yo‘lovchilar soni o‘tgan yilning shu oyiga nisbatan atigi 4 foizni tashkil etdi, o‘shanda mintaqa (Osiyo Tinch okeani mintaqasi) bo‘ylab 33,5 mln yo‘lovchi parvoz qilgan. — BBC News.

Ilon Mask Texasda yangi shahar yaratishga qaror qildi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Texas shtatidagi Boka-Chika shahrining nomini o‘zgartirmoqchi, u yerda uning Space Exploration Technologies Corp kompaniyasi sinov poligoni joylashgan. «Texasda Starbeyz (Starbase) shahrini barpo etayapmiz», — deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida. SpaceX vakili yangi shaharga aholi punktini kiritish va uning nomini Starbeyz deb o‘zgartirish haqida talablar bilan tanishdi, deb Kemeron okrugi sudyasi Eddi Trevinoning so‘zlarini Bloomberg keltirmoqda. Trevinoning ta’kidlashicha, tuman hokimiyatiga aholi punktining nomini o‘zgartirish rejalari bo‘yicha muhokamalar jarayoni to‘g‘risida xabar berilgan. «Buning uchun Twitter’da yozish yetarli emas», — der ekan, Trevino rejani amalga oshirish uchun Mask va uning kompaniyasida ko‘plab to‘siqlarni yengib o‘tish kerakligini ta’kidladi. Tadbirkorning boshqa kompaniyasi, ya’ni elektr transport vositalarini ishlab chiqaruvchi Tesla Inc. Ostinning (Texas) sharqida elektr pikaplarni yig‘ish uchun katta inshoot qurmoqda. Bu orada Mask jamg‘armasi shtab-kvartirasini Kaliforniyadan Ostinga ko‘chirdi, tadbirkorning o‘zi esa Texasga ko‘chib o‘tganini e’lon qilgan edi. SpaceX shuningdek, Texas shtatining Makgregor shahrida raketalarni sinovdan o‘tkazmoqda. Kompaniyaning Boka-Chikada ishlab chiqaradigan kosmik kemasining prototiplari, kompaniyaning rejalariga ko‘ra, Oy va Marsga uchish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. — Bloomberg.

BAA COVID’ga qarshi kollektiv immunitetiga erishgan birinchi mamlakat bo‘lishi kutilmoqda

Yaqin orada BAA COVID-19'ga qarshi kollektiv immunitetiga erishgan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin, chunki aholining aksariyati koronavirusga qarshi emlangan, deb xabar beradi Al Arabiya. «Pandemiya qarshi kurashish uchun hukumatning sa’y-harakatlari bilan BAA tez orada butun aholini emlash va shu bilan omma immunitetiga erishgan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin», dedi Bareen xalqaro kasalxonasining shoshilinch tibbiy yordam mutaxassisi Fuad ar-Raxal. Our World in Data ilmiy onlayn nashri ma’lumotlariga ko‘ra, BAA aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash darajasi bo‘yicha Isroildan keyin ikkinchi o‘rinni egallaydi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 60 foizidan ko‘prog‘i shu kungacha kamida vaksinaning bitta dozasini olgan. Milliy favqulodda vaziyatlar boshqarmasi o‘z navbatida Twitter'da «bugungi kunga kelib BAA koronavirus uchun 6 mlndan ortiq dozani taqdim qila olgan», deb yozdi. Shunday qilib, 3,6 mlndan ortiq odam vaksina olgan. Ayni paytda BAAda koronavirusga qarshi to‘rtta vaksina mavjud — Rossiyaning Sputnik V, Xitoyning Sinopharm, AQSH va Germaniyaning Pfizer, shuningdek AstraZeneca preparatlari. — Al Arabiya.

Yaponiya 13 mamlakat fuqarolari uchun kirib-chiqish qoidalarini kuchaytiradi

Yaponiya hukumati koronavirusning har xil yangi shtammlari tarqalish xavfi tufayli mamlakatga 13 davlat fuqarolari uchun kirish qoidalarini kuchaytiradi. Gap Avstriya, Belgiya, Braziliya, Germaniya, Daniya, Italiya, Nigeriya, Niderlandiya, BAA, Slovakiya, Shveysariya, Shvetsiya, Fransiya fuqarolari haqida ketmoqda. Ular uchib kelganidan so‘ng uch kun ichida ixtisoslashgan karantin muassasalarida turishi kerak bo‘ladi. Shundan so‘ng, ular koronavirus testini topshirishadi va agar salbiy natija bo‘lsa, ular uylariga qaytib, yana ikki hafta u yerda o‘z-o‘zini yakkalashi mumkin bo‘ladi. Ushbu choralar 5 martdan kuchga kiradi. — TASS.

Norvegiyada emlanishlardan keyin o‘lim holatlari o‘rganib chiqiladi

Norvegiyada COVID-19'ga qarshi emlanishlardan so‘ng o‘limlar soni ko‘paygani tuyfayli, bu masalani o‘rganib chiqadigan ekspert guruhi tashkil etildi. Hammasi bo‘lib, vaksinatsiyadan keyin yuzdan ortiq odam vafot etdi, deb yozadi Bloomberg. Ma’lum qilinishicha, emlashdan keyin 102 nafar keksa kishi vafot etgan, ularning o‘rtacha yoshi 87. Marhumlarning aksariyati vaksinatsiya oldidan ham sog‘lig‘i yomonligiga shikoyat qilgan. Mutaxassislar emlanish va keyingi o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashlari kerak bo‘ladi. Norvegiyada Pfizer va Moderna vaksinalaridan foydalaniladi. — Bloomberg.

Huawei smartfonlarning chiqarilishini yarmidan ko‘piga qisqartiradi

Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi AQSH sanksiyalari bosimi ostida qismlarni yetkazib beruvchilarni bu yil buyurtmalarni 60 foizdan ko‘proq qisqartirishi haqida ogohlantirdi. Kompaniya 70−80 mln dona smartfon uchun ehtiyot qismlarga buyurtma berishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi nashr. Boshqalar bu ko‘rsatkich bundan ham pastroq bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar — taxminan 50 mln. Xalqaro ma’lumotlar korporatsiyasining (XMK) ma’lum qilishicha, Huawei 2020 yilda 189 mln dona telefon ishlab chiqargan. Ishlab chiqarish 2019 yilga nisbatan 21,5 foizga kamaydi. XMK hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy kompaniyasi o‘tgan yili dunyoda smartfon yetkazib berish bo‘yicha Janubiy Koreyaning Samsung Electronics va AQSHning Apple kompaniyalaridan keyin uchinchi o‘rinni egalladi. 2020 yil noyabr oyida Huawei o‘zining Honor markali iste’molchi qurilmalari bo‘limini sotayotganini e’lon qilgan. Bitimning moliyaviy shartlari oshkor qilinmadi. Kompaniya «uyali telefonlarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan texnik komponentlarning mavjud emasligi» sababli o‘z iste’molchi kompaniyalari biznesiga duch keladigan «ulkan bosim» haqida gapirdi. — Interfaks.