O‘zbekistonga Chevrolet Onix avtomobilining sinov namunalari olib kelindi, deya tasdiqladi UzAuto Motors kompaniyasi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga. Modellar Braziliyadan keltirilgan bo‘lib, ularga Onix Plus nomi berilgan.

«O‘zbekiston yo‘llarida tashilayotgan vaqtda qayd etilgan Chevrolet Onix avtomobillari batafsil o‘rganish uchun bir nechta nusxada sotib olingan sinov namunalari hisoblanadi. Mazkur nusxalar mahalliy iqlim sharoitida sinovlar o‘tkazish va salohiyatli xaridorlar fikrini o‘rganish uchun sotib olingan», — deya ta’kidlandi kompaniyadan.

2019 yil dekabrda UzAuto Motors 2020 yilda yangi Chevrolet Tracker asosini ham tashkil etuvchi Global Emerging Markets (GEM) yagona platformasida Shevrolet Onix va boshqa yangi modellarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishga tayyorgarlik ko‘rilayotganini ma’lum qilgan edi.

Foto: Voditeli Tashkenta.

Braziliyada Chevrolet Onix Plus narxi 13,6 ming dollardan boshlanadi.