Gruziya bosh vaziri iste’foga chiqdi

Gruziya bosh vaziri Georgiy Gaxariya 18 fevral kuni muxolifatdagi Birlashgan Milliy Harakat partiyasi yetakchisi Nikanor Meliyani hibsga olish to‘g‘risidagi sud qarorining bajarilmasligi munosabati bilan o‘z lavozimini tark etishini ma’lum qildi. “Kecha sud janob Meliyaga qamoq jazosini profilaktika chorasi sifatida tayinladi. Bu inson hech qachon Gruziya qonunchiligini hurmat qilmagan va 20 iyunda (2019) fuqarolarimizni parlamentga bostirib kirishga chaqirgan va parlamentni qo’lga kiritish yo‘lidagi tashabbuskorlardan biri bo‘lgan. Ammo har qanday narsaga qaramay, mening qat’iy pozitsiyam shuki, agar qonuniy bo‘lsa ham, fuqarolarimizning sog‘lig‘i va hayotiga xavf tug‘dirsa yoki siyosiy eskalatsiyani keltirib chiqaradigan bo‘lsa ham, bitta odamga nisbatan hukm chiqarish mumkin emas”, — dedi Gaxariya brifingda. “Afsuski, men bu masalada jamoam bilan kelisha olmaganimdan kelib chiqib, o‘z lavozimimdan ketishga qaror qildim”, — dedi u. Gaxariya iste’foga chiqish “mamlakat siyosiy makonidagi qutblanish darajasini pasaytirishga yordam beradi”, deb ishonishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qutblanish va qarama-qarshilik “mamlakat kelajagi, uning rivojlanishi va har qanday inqirozga qarshi kurashish qobiliyati uchun eng katta xavf”. — TASS.

18 fevral kuni erta tongda politsiya zobitlari Meliya joylashgan Tbilisidagi Gruziya Birlashgan Milliy Harakati (BMH) partiyasining ofisiga kira olishmadi. Mamlakat OAVlarining xabarlariga ko‘ra, BMH ofisida 200 ga yaqin kishi bor, ular orasida boshqa muxolifat partiyalari rahbarlari ham bor. Meliya tarafdorlari uni hibsga olish bo‘yicha politsiya operatsiyasiga to‘sqinlik qilmoqchi.

Janubiy Koreyada KXDR tomonidan kuniga 1,6 mlnga yaqin xakerlik hujumlari qayd etilmoqda

Janubiy Koreyaning xavfsizlik agentliklari KXDR xakerlari tomonidan kuniga o‘rtacha 1,58 mln kiberhujumlarni qayd etishmoqda. Nashrning Seuldagi manbalariga ko‘ra, hujumlarning asosiy maqsadi — Janubiy Koreyadagi kichik va o‘rta kompaniyalarning kompyuterlariga virus kiritib, ularni blokirovka qilish. Ba’zi hollarda, kiberjinoyatchilar maxfiy ma’lumotlarni, xususan, mijozlarning shaxsiy ma’lumotlarini, bo‘lajak bitimlar to‘g‘risida ma’lumotni oshkor qilish bilan tahdid qilishadi. Kompyuter qulfini ochish va ma’lumotlarni sir tutish uchun xakerlar taxminan 40,7 ming dan 470 ming dollargacha pul talab qilishadi. 2020 yilda Janubiy Koreyada xakerlarning ushbu harakatlaridan yetkazilgan zarar deyarli 1,8 mlrd dollarni tashkil etdi, deya yozmoqda Nikkei. Ta’kidlanishicha, bu miqdor so‘nggi besh yil ichida 18 baravar oshgan. Xakerlar odatda bitkoinda to‘lovni talab qilishadi, keyinchalik ularni Xitoy birjasida qattiq valyutaga almashtirishadi. — Nikkei.

18 fevral kuni AQSH Adliya vazirligi uchta shimoliy koreyalik xakerini 1,3 mlrd dollardan ortiq pulni, shu jumladan kriptovalyuta o‘g‘irlashga olib kelgan katta kiberhujumda aybdor deb topdi.

Minglab milliy gvardiya jangchilari tartibsizliklarning oldini olish uchun Vashingtonda qolishadi

AQSHning minglab milliy gvardiya jangchilari yangi tartibsizliklarning, shuningdek, 4 mart kuni Donald Tramp tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirishga urinishning oldini olish maqsadida, mart oyining o‘rtalariga qadar Vashingtonda qolishadi. “Bu odamlarning ba’zilari (Tramp tarafdorlari — tahr.) 75 yil oldin 4 mart kuni prezident inauguratsiyasi kuni bo‘lganini bilib olishgan, shekilli. Yaxshi, ammo bu nima uchun hozir muhim, Xudo biladi. Qanday bo‘lmasin, endi ular yana birlashib, 4 mart kuni Kapitoliyga hujum qilishlari kerak deb o‘ylayotgandir… Bu ma’lumot internetda tarqalmoqda”, — dedi Vakillar Palatasi Qurolli kuchlar qo‘mitasi raisi Adam Smit. AQSH tarixida 1793 yildan 1933 yilgacha 4 mart prezident inauguratsiyasi kuni bo‘lgan. Smitning ta’kidlashicha, 4 mart kuni, aniq, tartibsizliklar bo‘lmaydi, ammo bu sanadan xavotirlar mavjud. CNN ma’lumotlariga ko‘ra, mudofaa vazirining milliy mudofaa va global xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Robert Saless 18 fevral kuni Kapitoliy politsiyasi 4,9 ming nafar milliy gvardiya askarlarini Vashingtonda 12 martga qadar qolishini iltimos qilganini aytdi. — CNN.

Ispaniyada reperning hibsga olinishiga qarshi namoyishlar tartibsizliklarga aylandi

Ispaniyada 18 fevral kuni kechqurun rep musiqachisi Pablo Xaselning hibsga olinishiga qarshi norozilik namoyishlari mamlakatning yirik shaharlarida tartibsizliklarga aylandi. Xasel ishi Ispaniyada so‘z erkinligi haqidagi munozarani jonlantirdi. 32 yoshli reper o‘zining tvitlari va matnlarida tez-tez Ispaniya monarxiyasini tanqid qiladi. U o‘z kompozitsiyalaridan birida qirol va hukmron doiralarni “jinoiy to‘da” deb atagan. 2018 yilda Xasel terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda va qirol haqidagi behayo qo‘shiqda aybdor deb topildi. Reper hibsga olingandan so‘ng, mamlakatning ko‘plab shaharlarida noroziliklar tarqaldi. Madrid va Barselonada Xaselning minglab hamdardlari ko‘chalarga chiqishdi. Xavfsizlik kuchlari tayoq va qalqon bilan qurollanib, ularga qarshi kurashdilar. O‘nlab odamlar hibsga olingan, shu jumladan kamida 14 kishi Madridda va 29 kishi Barselonada. Barselonada namoyishchilar barrikadalar o‘rnatib, ko‘chalarda mebellarga o‘t qo‘yishdi. Lerida, Jirona va Tarragona shaharlarida zo‘ravon norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, dedi politsiya. — VVS.

Olimpiada vaziri Tokioda Olimpiya tashkiliy qo‘mitasining yangi rahbari etib tayinlanadi

Olimpiada vaziri Seyko Xasimoto (56 yosh) Tokio o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasining yangi rahbari etib tayinlandi. Xasimoto 1984 yildan 1996 yilgacha yetti Olimpiadada qatnashgan: to‘rtta Qishki o‘yinlarda konkida tez yugurish va uchta Yozgi o‘yinlarda velosport bo‘yicha qatnashgan. 1992 yilda Albervilda (Fransiya) ayollar o‘rtasida 1,5 metrga yugurishda bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Tashkiliy qo‘mitaning sobiq rahbari o‘tgan hafta iste’foga chiqishini e’lon qilgan edi. — NHK.