Toshkent viloyati Zangiota tumanida, «N.» MTP rahbari O.A. fuqaro G‘.ga tumandagi «T.» chorva fermer xo‘jaligiga qarashli 30 sotix sug‘oriladigan yer maydonini sotmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati «Gazeta.uz» ga ma’lum qildi.

O.A. yer evaziga G‘.dan 27 ming 700 AQSH dollari so‘ragan.

Fuqaro O.A. yer hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishga kelishib, oldindan 10 ming 300 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Holat yuzasidan O.A.ga nisbatan JKning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.