Prezident 2021 yil — «Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili» Davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

U o‘zida besh yilga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasining so‘nggi yilidagi chora-tadbirlarni aks ettirgan.

Davlat dasturi 274 banddan iborat. Unda belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 29,5 trln so‘m, 2,6 mlrd dollar va 57,5 mln yevro yo‘naltiriladi. 2020 yilda 18,2 trln so‘m va 10,3 mlrd AQSH dollar etib belgilangan edi.

Dastur jami 274 ta banddan iborat:

1 yo‘nalish — 20 ta band;
2️ yo‘nalish — 18 ta band;
3️ yo‘nalish — 113 ta band;
4️ yo‘nalish — 93 ta band;
5️ yo‘nalish — 30 ta band.

18 yanvar kuni dastur loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi. O‘shanda bandlar soni 276 ta edi. Birinchi (1) va ikkinchi (1) yo‘nalishlarga bandlar qo‘shildi. To‘rtinchi (3) va beshinchi (1) yo‘nalishlardan bandlar olingan.