Antikorrupsiya agentligi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, Ltd» MCHJni xususiylashtirish bo‘yicha tender shartlari o‘ta yuqoriligini ta’kidlagan va tenderni to‘xtatishni so‘rab, taqdimnoma kiritgan edi. Davaktiv ushbu taqdimnoma bo‘yicha munosabat bildirdi.

Davaktiv agentligi taqdimnoma 2020 yil 16 dekabrdagi e’londagi ma’lumotlarga asoslanganini, Antikorrupsion agentlik jarayon qanday tashkil etilganligi to‘g‘risida ishchi guruhga murojaat qilmaganligini ma’lum qildi.

Davaktiv Antikorrupsion agentlik va jamoatchilik bilan xususiylashtirishni shaffof va oshkora tarzda, xalqaro amaliyot qoidalariga muvofiq holda sotish jarayoni yuzasidan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, yaqin orada jarayonning bevosita ishtirokchilari «The Coca-cola Export Corporation» (AQSH, Atlanta), «Rothschild & Co» investitsiya banki va «Dentons» yuridik firmasining taqdimnoma bo‘yicha fikrlari e’lon qilinadi.