Kanada ijrochi hukumati boshqaruvchisi Juli Peyett ish joyida «zaharli muhit» yaratganlikda ayblanganidan so‘ng iste’foga chiqishini e’lon qildi, deya xabar berdi RBK.

Uning idorasidagi xodimlar jamoat oldida haqorat qilishlar va kamsitilishlar bo‘lganidan shikoyat qilishgan. 2020 yil iyul oyida Kanada Maxfiy kengashi idorasi, CBC telekanalining xabariga javoban tekshiruv ishlarini boshlab yuborgan edi. Telekanal xabarida 10 nafardan ortiq shaxslari sir saqlangan davlat xizmatchilari Peyettning Rido-xoll rezidensiyasi xodimlarini omma oldida so‘kkani va haqorat qilgani aytilgan. Ayblovlar uning yordamchisi Assunto di Lorensoga ham tegishli edi.

5 yanvar holatiga ko‘ra, Rido-xoll rezidensiyasi da’volarga javoban qonuniy vakillik uchun hukumat mablag‘laridan 150 ming dollardan ko‘proq mablag‘ sarflagan.

Kanada general-gubernatori Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning vakili hisoblanadi. Juli Peyett ushbu lavozimda 2017 yil 2 oktyabrdan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi. Bungacha u kosmonav bo‘lgan va Discovery va Endeavour kemalari parvozlarida qatnashgan.