Finlyandiya yaqin kelajakda turistlarni qabul qilmaydi va juma kuni hukumat mamlakatga kirishni yanada cheklashni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Finlyandiya IIV vakili Eriikka Kostinen xizmat safarlari va yuk tashishgagina ruhsat berilishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirda Finlyandiyaga kirish bo‘yicha cheklovlar 9 fevralgacha amal qiladi.

BBC xabariga ko‘ra, Avstraliya 2021 yilning oxirigacha mamlakat chegaralarini to‘liq ochmasligi mumkin.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri sayohat qilish bo‘yicha cheklovlarning aksariyati yil oxirigacha saqlab qolinishi mumkinligini ta’kidladi. «Agar biz aholining asosiy qismini emlasak ham, bu virus yuqishini oldini oladimi yoki yo‘qmi, bilmaymiz», — dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Germaniyada yangi yil kirib kelishidan oldin o‘rntilgan karantin choralari natija bermagach, hozirda hukumat uzoq muddatga mo‘ljallangan jiddiy karantin cheklovlarini e’lon qilishga tayyorgarlik ko‘rayotganligi haqida xabar bergan edik.