YHXBB matbuot хизмаtихабариga ko‘ra, 13 yanvar kuni soat 11:00larda, Toshkent shahrida haydovchi, I.F.(1999 y.t.) «Matiz» rusumli avtomobilda harakatlanayotib oraliq masofani saqlamaganligi oqibatida svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan haydovchi, X.R.(1992 y.t.) boshqaruvidagi «Damas»ga urilgan.


Zarb oqibatida «Damas» o‘zidan oldinda to‘xtab turgan A.A. (1988 y.t.) boshqaruvidagi «Matiz»ga, so‘ng «Matiz» o‘zidan oldinda to‘xtab turgan Sh. Ya. (1992 y.t.) boshqaruvidagi yana bir «Matiz»ga, ushbu «Matiz» esa zarb oqibatida o‘zidan oldinda to‘xtab turgan haydovchi Sh. I. (1978 y.t.) boshqaruvidagi «Nexia»ning orqa tomoniga to‘qnashgan.


Hodisa natijasida masofa saqlamagan 22 yoshli «Matiz» haydovchisi I.F. va 29 yoshli «Damas» haydovchisi X.R.larga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.