Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ochiq va juda iliq ob-havo bo‘lib, kunduz kuni havo harorati 7−12 daraja iliqqacha isiydi.

Respublika bo‘yicha iliq shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

12 yanvar kuni quruq va iliq ob-havo bo‘lib, shamol 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni, kunduz kuni 5−10 daraja iliqni tashkil etadi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin.

13 yanvarda kechalari Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarining ba’zi joylarida biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliqni, kunduz kuni 3−8 daraja iliqni tashkil etadi.

14 yanvarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0−5 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi esa ko‘tariladi va 5−10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

15 yanvarda quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda va havo harorati kechasi 2−5 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda 0−2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10−15 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Hafta davomida ba’zi hududlarda tumanlar kuzatiladi.