Smart medical pharm va Billur Medical Trade 50 ml 70 foizlik etil spirti hamda «Menovazin» mahsulotlarini noqonuniy ravishda ishlab chiqarmoqda. Bu haqda Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim fuqarolar Smart medical pharm va Billur Medical Trade kompaniyalariga tegishli dori vositalari sifatidan norozi ekanligini bildirgan. Aniqlanishicha, ular dori vositalarini ishlab chiqarish huquqiga ega bo‘lgan litsenziatlar реестрига kiritilmagan.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi dorixonalarni O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan, sifatsiz, qalbakilashtirilgan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni, shuningdek malakatda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini saqlash va (yoki) realizatsiya qilishga yo‘l qo‘ymasliklari, ushbu holatlar litsenziya talablari va shartlarini qo‘pol ravishda buzilishi holatlari ekani haqida ogohlantiradi. Aks holat esa litsenziyaning amal qilishi belgilangan tartibda тўхтатилишига olib kelishi mumkin.

Ushbu korxonalarning noqonuniy faoliyati yuzasidan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga murojaatnoma yuborilgan.