Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Farg‘ona viloyatining Qo‘shtepa tumani Katta Boltako‘l qishlog‘i kanali bo‘yi ko‘chasidan o‘tgan ichki xo‘jalik yo‘lida tungi soat 23:15larda YTH sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 1995 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashina boshqaruvini yo‘qotish natijasida mazkur hududdan oqib o‘tuvchi Farg‘ona kanali chekkasida o‘rnatilgan beton to‘siqqa urilib, kanal ichiga tushib ketgan.

Hodisa sodir bo‘lgan yo‘l holati yaxshi bo‘lgani, chuqurlar yo‘qligi va belgilar joyida ekani, faqatgina yo‘l yoritilmaganligi ma’lum qilindi.

Avtomashina ichida bo‘lgan haydovchi hamda uning yonida bo‘lgan yo‘lovchilar nafas yo‘liga suv kirishi oqibatida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.