Eng mashhur kriptovalyuta — bitkoinning narxi yana tarixiy maksimal darajani yangiladi. U 35 ming AQSH dollaridan oshib ketdi va ushbu kurs atrofida harakatlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 16 dekabr kuni bitkoin 20 ming dollardan, dekabr oyining oxirida esa 28 ming dollardan oshgan edi. Keyinchalik, ushbu kriptovalyutaning narxi 33 ming dollargacha qimmatlab, yana 28 ming dollar darajasiga (13%ga) tushib ketgan edi.

Uzoq muddatli istiqbolda bitkoin kursi 146 000 dollardan oshishi mumkin, deya ta’kidlashdi Nikolas Panigirtzoglu boshchiligidagi JPMorgan Chase mutaxassislari.

BTC’ning ayni damdagi bozor qiymati 650 mlrd dollarni tashkil qilmoqda.