Mamlakat bo‘ylab ob-havo sharoitini hozirda markazi Sibir hududlari ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilamoqda. Yangi yilning birinchi ish haftasi davomida juda yuqori bosimli maydon anomal sovuq ob-havoni keltiradi, deya xabar berdi O‘zgidromet.

Kechalari sovuq 5−10 darajagacha, shimolda va cho‘l hududlarida 12−17 darajagacha ko‘tariladi, hafta oxirigacha esa kunduz kunlari havo harorati 0−5 daraja sovuqdan oshmaydi.

Hafta davomida havo harorati o‘rtacha yillik qiymatlardan 8−10 darajaga past bo‘ladi. Respublikaning ba’zi joylarida tuman kuzatiladi.

Ushbu davrda tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.