Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar organi xodimining mast ahvolda jamoat tartibini buzayotganligi to‘g‘risida video tarqaldi. IIV bunga rasmiy munosabat bildirdi.

Unga ko‘ra, IIV Transportda xavfsizlikni ta’minlash bosh boshqarmasi xodimi A.A. xizmat kiyimida mast holda jamoat tartibi hamda IIVning me’yoriy buyruq talablarini qo‘pol ravishda buzgan.

Ichki ishlar organi xodimining sha’niga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etganligi, xodimlarga nisbatan fuqarolar tomonidan salbiy fikrlar uyg‘onishiga sababchi bo‘lganligi uchun ichki ishlar organlaridan bo‘shatildi, deyiladi xabarda.