O‘zbekistonlik tennischi Temur Ismoilov kelishilgan uchrashuvlarda qatnashganligi uchun 12 ming dollarga jarimaga tortildi va 7 yilga diskvalifikatsiya qilindi, deya xabar berdi Tennis bo‘yicha professional etika bo‘limi.

Ushbu cheklov 18 dekabrdan kuchga kirgan bo‘lib, 25 yoshlik sportchiga belgilangan vaqt oralig‘ida tennis musobaqalarida qatnashish taqiqlanadi. Xabarga ko‘ra, Temur Ismoilov uch marta — 2014, 2015 va 2019 yilda kelishilgan tennis uchrashuvlarida qatnashgan.

Temur Ismoilov 2016 yil may oyida ATP reytingida o‘z faoliyati davomida eng yuqori — 756-o‘ringa ko‘tarilgan.