AQSH Kongressi koronavirus bilan bog‘liq holda fuqarolar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 892 mlrd dollarlik chora-tadbirlar paketini ma’qulladi.

Qo‘llab-quvvatlash choralari orasida aksariyat amerikaliklarga 600 dollar miqdorida to‘lovlar, shuningdek, pandemiya sababli ishsiz qolganlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar ajratiladi. Ushbu chora-tadbirlar to‘plami shtatlarda koronavirus tarqalishining tezlashishi fonida amalga oshirildi. Mamlakatdagi holatlarning kunlik o‘sishi 200 ming kishidan oshmoqda. AQSHning 317 mingdan ortiq aholisi kasallik tufayli vafot etdi.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra AQSHda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon 18 mln dan ortiq fuqaro virus yuqtirdi. Mamlakat infeksiyaning tarqalishi bo‘yicha yetakchi bo‘lib qolmoqda.