Disney 2021 yilning birinchi yarmida 32 ming xodimini ishdan bo‘shatmoqchi. Bu haqda Meduza Reuters xabariga tayanib ma’lum qildi. Barcha ma’lumotlar Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasiga topshirilgan hujjatlarda keltirilgan.

Sentyabr oyi oxirida Disney xodimlarni ishdan bo‘shatish rejalari haqida e’lon qilgan edi, keyinchalik 28 ming kishini ishdan bo‘shatishi kerak bo‘lgan. Shuningdek, Disney’ning boshqa bo‘limlari yana 37 ming xodimni hozirda majburiy ta’tilga yuborgan.

Disneyland’lar koronavirus bilan bog‘liq cheklovlar tufayli uzoq vaqt ishlamadi. Janubiy Kaliforniyadagi Disney tematik bog‘i hanuzgacha yopiq, Florida shtatidagi Disneyland o‘z ishini davom ettirdi, ammo tashrif buyuruvchilar soniga qattiq cheklovlar qo‘yildi.

Fransiyadagi Disneyland bog‘i qayta ochilgan edi, ammo mamlakatda yangi karantin tufayli yana yopildi.