Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 3 noyabr kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 6,98 so‘mga ko‘tarilib, 10 366,86 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 211,50 so‘mga pasaydi va 12 074,28 so‘m deb baholanmoqda;
  • 1 Rubl 5,74 so‘mga arzonladi va 130,37 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 12 so‘mga arzonlab, jami 10 359 so‘mni tashkil qilgandi.