Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda limondan tayyorlanadigan shirinliklar ro‘yxatini taqdim etadi.

Limonli kurd

Limonli kurd — limon sharbati solingan qaynatma krem hisoblanadi. Bunday kremni tartlarga, har xil pishiriq va hatto tortlarga ham surtib ishlatish mumkin.

Limon po‘sti solib pishirilgan tvorogli kekslar

Bu keks uchun kerakli masalliqlarning hammasi bitta idishga solinadi, mikserda ko‘pirtirilib, gaz pechida pishirib olinadi. 40 daqiqadan so‘ng esa mazali yegulikdan bahramand bo‘lish mumkin.

Limonli puding

Bunday shirinlik juda tez tayyorlanib, o‘zining ta’mi, momiqliligi va ustining qarsildoqliligi bilan sizlarga yoqishi aniq.

Limonli to‘rtburchaklar

Bu mashhur amerikancha shirinlik bo‘lib, ushbu pishiriqlar yumshoq qumoq xamir, shirin va nordon asosdan iborat. Ularni tayyorlash qiyinchilik tug‘dirmaydi, natijasi esa albatta sizni qoniqtiradi.

Limon va apelsindan «bir zumda» tayyorlanadigan murabbo

Ertalabgi nonushtada yorqin va tillarang ishtahaochar murabbolar issiq choy bilan ayni muddaodir. Limon va apelsindan iborat ushbu murabbo juda tez tayyorlanib, mevalar uzoq muddat qaynatilishiga hojat yo‘q.

Limonli pechenelar

Eng oddiy masalliqlardan tayyorlaniladigan limonli pechenelarning ichi yumshoqqina bo‘lib pishadi, ta’mi esa sizni lol qoldirishi aniq.

Limonli pirog

Limonning nordongina ta’mi bilan juda ham mazali chiqadigan bu pishiriq barchaga yoqadi degan umiddamiz.

Yanada ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15