1 noyabrdan Toshkent metropolitenida jetonlardan foydalanish to‘xtatiladi, deya xabar qildi Transport vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz»ga. Mazkur qaror йўловчиларнинг yagona transport kartalari orqali yo‘l haqi to‘lovlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, avtomatlashtirilgan tizimning to‘laqonli ishlab ketish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, жамоат transportida naqd pul muomalasidan voz kechish maqsadida qabul qilindi.

Yo‘l haqi to‘lovlari yagona transport kartalari orqali amalga oshiriladi. Ushbu kartalar hisobini metro kassalari, oylik yo‘l chiptalarini sotish shahobchalari, infokiosklar, barcha elektron to‘lov tizimlari, shuningdek, ATTO — mobil ilovasi orqali to‘ldirish imkoniyati mavjud.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda Toshkent metropolitenining barcha liniyalaridagi bekatlar yo‘l haqi to‘lovlarini yagona transport kartalari va NFC bank kartalari orqali amalga oshirish imkoniyatini beruvchi statsionar validatorlar bilan jihozlangan.

Shu bilan birga poytaxtda yo‘lovchilarga xizmat qilayotgan «Toshshahartransxizmat» AJga qarashli 1000 dan ortiq avtobuslarning barchasi elektron kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi mobil va statsionar validatorlar bilan to‘liq ta’minlandi.