Gazeta.uz pazandachilik sahifasi bo‘lmish Zira.uz bilan birgalikda kuzgi pishiriqlar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

Guruchli mini kurniklar


Uyda tayyorlanilgan, smetanada qorilib pishgan kurniklar juda mazali va albatta to‘yimli bo‘lib pishadi.

Boloneze pitssa-ruleti


Italiyadan pitssaning oddiy retseptini qarshi oling. Oson tayyorlanadigan, mazali va o‘zining noodatiy ko‘rinishi bilan barchani o‘ziga rom etuvchi ajoyib taom.

Kartoshkali turkcha pide


Turkcha pideni nafaqat go‘sht bilan, balki kartoshka va pishloq bilan ham tayyorlash mumkin. Qolaversa, o‘z ta’bingiz va muzlatgichda bor narsalarga qarab asosini o‘zgartirishingiz ham mumkin, albatta.

Qatlamali xamir va tovuqdan tayyorlangan «qopchalar»


Oddiy qatlamali xamir va tovuq go‘shtidan original ko‘rinishdagi pishiriqlardan tayyorlash mumkin bo‘lib, buning uchun ko‘p vaqt ham, mablag‘ ham talab etilmaydi.

Qatlamali xamirdan qilingan pishloq va ko‘katli o‘ramalar


Tayyorlash jarayoni oddiy va tezligi sabab ham ushbu o‘ramalarni bemalol ertalabki nonushtaga ham, kechki ovqatga ham tayyorlash mumkin.

Pishloqli pechenelar


Pishloqli pechenelar — yoshu qariga birdek yoquvchi yeguliklardan biridir. Ular har qanday taomga ajoyib qo‘shimcha vazifasini o‘taydi.

Go‘sht va karamli rasstegaylar


Bu retsept asosida tayyorlangan rasstegaylar juda yumshoq bo‘lib pishadi va ta’mi esa o‘sha bolaligimizdagi rasstegaylarni eslatib yuboradi.

Yana ko‘proq retseptlar — Zira.uz saytida.

Facebook: fb.com/zirauz
Instagram: @zirauz
Telegram (o‘zbek tilida): t.me/zirauzuz
Telegram (rus tilida): t.me/zirauz
Telegram chat-guruh: t.me/zirauz_chat
Tahririyat telefon raqami: (+99878) 148−15−55
Telegram: (+99899) 837−15−15