Minskda Aleksandr Lukashenkoning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi

Foto: pul1 / Telegram

Aleksandr Lukashenko rasmiy ravishda Belarus prezidenti lavozimiga kirishdi. Inauguratsiya marosimi 23 sentyabr kuni Minskdagi Mustaqillik saroyida bo‘lib o‘tdi. Inauguratsiyada bir necha yuz kishi ishtirok etdi. Ular orasida yuqori lavozimdagi amaldor shaxslar, parlament a’zolari, davlat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari rahbarlari, olimlar, madaniyat va sport vakillari bor edi. Aleksandr Lukashenko konstitutsiyaga o‘ng qo‘lini qo‘yib, qasamyod qildi va tegishli hujjatni imzoladi. Unga Belorusiya Markaziy Komissiyasining raisi Lidiya Yermoshina prezidentlik guvohnomasini topshirdi. — Gazeta.uz

Time nashri eng obro‘li 100 kishining reytingini e’lon qildi

Foto: time.com

Time nashri 2020 yilning dunyodagi eng obro‘li 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi. Ular “Titanlar”, “Innovatorlar”, “Rassomlar”, “Yetakchilar” va boshqa toifalarga bo‘lingan. Bu yil “yetakchilar” qatorida JSST bosh kotibi Tedros Gebreisus, AQSH prezidenti Donald Tramp va uning bo‘lajak saylovlardagi raqibi Jo Bayden, Xitoy rahbari Si Szinpin, Germaniya kansleri Angela Merkel, Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi va boshqalar joy topdi. “Titanlar” toifasiga Google bosh direktori Sundar Pichai, Xitoyning yetakchi epidemiologi Chxong Nanshan, AQSH Federal zaxira banki rahbari Jerom Pauell, XVF raisi Kristalina Georgiyeva va boshqalar kiritildi. — Time

Rossiya rahbari pandemiya bilan bog‘liq holda “yashil yo‘laklar” yaratishni va sanksiyalardan voz kechishni taklif qildi

Foto: UN Photo

Putin “yashil yo‘laklar” savdo urushlari va sanksiyalardan xoli bo‘lishi kerakligini, hamda mamlakatlar o‘rtasida eng zarur mahsulotlar, ya’ni oziq-ovqat, dori-darmon va shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berish uchun zarurligini aytib o‘tdi. Rossiya rahbari pandemiyadan keyin global iqtisodiy o‘sishni tiklash va ishsizlikni kamaytirish uchun “noqonuniy sanksiyalar” dan qutulish kerakligini ta’kidladi. “Mutaxassislar epidemiya bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy zarba ko‘lamini, uning barcha uzoq muddatli oqibatlarini hali to‘liq baholay olishmadi, — dedi Putin. — Ammo allaqachon aniq bo‘ldiki, global iqtisodiyotni tiklash uchun ko‘p vaqt kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, ilgari sinovdan o‘tgan inqirozga qarshi choralar har doim ham samara bermaydi”. Yangi nostandart tadbirlarni ishlab chiqish BMTning asosiy maqsadlaridan biridir, — dedi prezident. — lenta.ru

“Яндекс” aksiyalari keskin o‘sib ketdi

TCS Group (Тинькофф bankning bosh tuzilmasi) bankni “Яндекс"ga sotish bo‘yicha muzokaralar olib borayotganligini e’lon qildi. Bitim 5,48 milliard dollar yoki har bir aksiya uchun 27,64 dollar qiymatida bo‘lishi kutilmoqda. Sotilish narxi aksiyalarning 21 sentyabrdagi savdolar yopilishidagi narxiga asoslangan holda tasdiqlanadi."Тинькофф” bankini sotib olish to‘g‘risidagi dastlabki kelishuv haqidagi yangiliklardan so‘ng, “Яндекс” kompaniyasing aksiyalari 15 foizga ko‘tarildi. Bu haqda Moskva birjasi ma’lumot berdi. Har bir aksiya uchun boshlang‘ich narx 5500 rublni tashkil qilgan bo‘lsa, aksiyalar qiymati 15 foizga o‘sganidan so‘ng ularning narxi 5653 rublni tashkil etdi. — tinkoff.ru

Ilon Mask “arzon” o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil yaratishga va’da berdi

Foto: CNBC

Tesla bosh direktori Ilon Mask “arzon” o‘zini o‘zi boshqaradigan avtomobil yaratishga va’da berdi. Unga ko‘ra, uch yildan keyin kompaniya narxi 25 ming dollarga teng bo‘lgan chinakam ko‘rkam avtomobillarni ishlab chiqarishni boshlaydi. Shu bilan birga, Mask avtomobil butunlay haydovchisiz bo‘lishini ta’kidladi. Ta’kidlanishicha, hozirda Teslaning eng “arzon” modeli 38 ming dollar turadi. — РИА Новости