Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 15 sentyabr kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 21,16 so‘mga ko‘tarilib, 10 295,33 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 32,26 so‘mga qimmatladi va 12 194,82 so‘mga baholanmoqda;
  • 1 Rubl 1,37 so‘mga ko‘tarildi va 137,65 so‘mga teng bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi 4 so‘mga qimmatlab, jami 10 274 so‘mni tashkil qilgandi.