Yaponiyada eng uzoq muddat bosh vazir bo‘lgan Sindzo Abe sog‘lig‘i yomonlashgani sababli iste’foga chiqdi, deya xabar berdi Reuters. Bu haqda uning o‘zi 28 avgust kuni bo‘lib o‘tgan press-konferensiyada e’lon qildi.

Abe bir necha yildan buyon yo‘g‘on ichak yallig‘lanishi bilan kurashib kelmoqda va oxirgi hafta davomida kasalxonaga ikki marta tashrif buyurgan. Uning bu lavozimdagi muddati 2021 yilning sentyabrigacha mo‘ljallangan edi.

Endi uning o‘rniga kim ushbu lavozimni egallashini mamlakatda hukmron bo‘lgan Liberal-demokratlar partiyasi hal qiladi. Partiyada LDP siyosiy tadqiqotlar kengashi raisi Fumio Kishida, mamlakat vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga va sobiq bosh kotib Sigeru Isiba katta mashhurlikka ega.

Abe, shuningdek, LDP ning prezidenti hisoblanadi va u hoqimiyat tepasiga 2012 yilda partiyaning katta g‘alabasidan keyin qaytgan edi.

Bu davr davomida Abe mamlakat iqtisodiyotining o‘sishida, mudofaani kuchaytirish va uning global obro‘sini oshirish maqsadida katta ishlarni amalga oshirdi.

Ma’lumot uchun, 24 avgust kuni Abe eng uzoq muddat Bosh vazir lavozimida faoliyat yuritish bo‘yicha o‘zining ajdodi Eysaku Satoning yarim asr oldingi rekdordini yangilagan edi.