Bavariya 2019−2020 yilgi Chempionlar ligasi mavsumining g‘olibiga aylandi.

Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tgan musobaqa finalida Bavariya PSJ ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

59-daqiqada Joshua Kimmixning to‘p uzatishidan keyin myunxenliklar hujumchisi Kingsli Koman to‘pni boshi bilan darvozaga yo‘lladi. Bu gol uchrashuv oxirigacha yagonaligicha saqlanib qoldi.

Germaniyaliklar musobaqa tarixida birinchi marotaba barcha o‘yinlarda g‘alaba qozongan jamoaga aylanishdi.

Bavariya futbol klubi ushbu kubokni o‘z tarixida oltinchi marotaba qo‘lga kiritdi.