23 avgust kuni O‘zbekistonda 414 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Samarqand, Andijon, Namangan, Toshkent, Sirdaryo hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 411 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 946 nafar bemordan 34 987 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 686 nafar bemordan 249 nafari og‘ir, 129 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.