24 avgust kuni O‘zbekistonda 402 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 3 nafar, jami 7 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Andijon, Namangan, Buxoro, Xorazm, Surxondaryo, Farg‘ona hamda Qashqadaryo viloyatlarida jami 564 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 39 348 nafar bemordan 35 551 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 90 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 517 nafar bemordan 282 nafari og‘ir, 132 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.