21 avgust kuni O‘zbekistonda 381 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Buxoro, Xorazm, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Namangan viloyatlarida jami 547 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 38 074 nafar bemordan 33 989 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 89 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3 825 nafar bemordan 277 nafari og‘ir, 96 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.