20 avgust kuni O‘zbekistonda 581 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Surxondaryo viloyatida 1, Toshkent viloyatida ham 1 nafar, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Namangan, Samarqand, Navoiy hamda Andijon viloyatlarida jami 498 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 37 693 nafar bemordan 33 442 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 3997 nafar bemordan 255 nafari og‘ir, 66 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.