18 avgust kuni O‘zbekistonda 591 ta koronavirus holati aniqlandi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafar, jami 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Surxondaryo, Andijon, Navoiy hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 643 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 36 518 nafar bemordan 32 223 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 88 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4052 nafar bemordan 411 nafari og‘ir, 125 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.