16 avgust kuni O‘zbekistonda 628 ta koronavirus holati aniqlandi, yedya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 4 nafar, Buxoro va Toshkent viloyatlarida 1 nafardan, jami 6 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Sirdaryo, Navoiy, Andijon, Qashqadaryo hamda Farg‘ona viloyatlarida jami 930 nafar bemor sog‘aydi.

️Hozirda kasallik qayd etilgan jami 35 329 nafar bemordan 30 973 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 87 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 4 124 nafar bemordan 813 nafari og‘ir, 234 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.