4 avgust kuni O‘zbekistonda 694 ta koronavirus holati qayd etildi, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Yangi holatlarning 27 tasi karantin markazidagi fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo, Farg‘ona, Xorazm va Toshkent viloyatlarida jami 1448 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 34 017 nafar bemordan 28 661 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 84 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 5 135 nafar bemordan 1 289 nafari og‘ir, 362 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.