12 avgust kuni O‘zbekistonda 671 ta koronavirus holati aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkent shahrida 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etgani tasdiqlandi va rasmiy o‘lim ko‘rsatkichi 211 taga yetdi.

Shu bilan birga, Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida jami 1 569 nafar bemor sog‘ayib, rekord natija qayd etildi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 32 654 nafar bemordan 25 659 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 78 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan 6 784 nafar bemordan 1 375 nafari og‘ir, 410 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.