23 iyul kuni O‘zbekistonda 489 holatda koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi xabar qildi.

Yangi holatlarning 54 tasi karantin muassasalarida, 435 tasi tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Qashqadaryo viloyatida 1 nafar, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Jizzax hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida jami 277 nafar bemor sog‘aydi.

Hozirda kasallik qayd etilgan jami 18 868 nafar bemordan 10 149 nafari sog‘ayib, davolanish ko‘rsatkichi 53 foizni tashkil etmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 8 617 nafar bemordan 118 nafari og‘ir, 30 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.