Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 21 iyul kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 15,43 so‘mga ko‘tarilib, 10 210,39 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 148,12 so‘mga qimmatladi va 11 66,39 so‘mga baholanmoqda;
  • 1 Rubl 1,77 so‘mga tushib va 142,11so‘mga teng bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, AQSH milliy valyutasini qimmatlashishi beshinchi hafta kuzatilib, muayyan davrda (30 iyun — 10 173,38 so‘mdan 20 iyulning 10 210,39 so‘mgacha) 37 so‘mga yuqoriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi deyarli 10 so‘mga qimmatlab, jami 10 194 so‘mni tashkil qilgandi.