17 iyul kuni O‘zbekistonda 541 holatda koronavirus qayd etilib, umumiy ko‘rsatkich 15607 taga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Yangi holatlarning 170 tasi karantin muassasalarida, 371 tasi koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, bugun Toshkent shahrida 3 nafar, Toshkent viloyatida 1 nafardan, jami 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Samarqand, Andijon, Namangan hamda Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida 220 nafar bemor sog‘ayib, tuzalganlar soni 9003 nafarni, davolanish ko‘rsatkichi 57 foizni tashkil etmoqda.

️Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 6525 nafar bemordan 70 nafari og‘ir, 11 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

️Hozirda mamlakatda uy karantinida 60 211 nafar, statsionar karantinda esa 22 061 nafar fuqaro tibbiy kuzatuvda bo‘lib turibdi.