Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini e’lon qildi. Ushbu almashinuv kurslari 14 iyul kunidan kuchga kiradi:

  • 1 AQSH dollari 10,23 so‘mga ko‘tarilib, 10 194,96 so‘mni tashkil etmoqda;
  • 1 Yevro 62,49 so‘mga qimmatladi va 11 518,27 so‘mga baholanmoqda;
  • 1 Rubl 1,40 so‘mga yuqoriladi va 143,88 so‘mga teng bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, AQSH milliy valyutasini qimmatlashishi uchinchi hafta kuzatilib, muayyan davrda (30 iyun — 10 173,38 so‘mdan 14 iyulning 10 194,96 so‘mgacha) 20 so‘mga yuqoriladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta dollar kursi deyarli 11 so‘mga qimmatlab, jami 10 184 so‘mni tashkil qilgandi.