Shveysariyaning Nyon shahrida joylashgan UEFA qarorgohida Yevropa Chempionlar Ligasi 2019/20 yilgi mavsumining final bosqichi doirasida bo‘lib o‘tadigan bahslarga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UEFA rasmiy saytida xabar berildi.

Unga ko‘ra, chorak final juftliklari:

Chorak final

  • 1-juftlik: “Real Madrid” / “Manchester Siti” — “Lion” / “Yuventus”

  • 2-juftlik: “RB Leypsig” — “Atletiko Madrid”

  • 3-juftlik: “Napoli” / “Barselona” — “Chelsi” / “Bavariya”

  • 4-juftlik: “Atalanta” — “PSJ”

Yarim final

  • 1-juftlik: Chorak final 1-juftlik g‘olibi — Chorak final 3-juftlik g‘olibi

  • 2-juftik: Chorak final 2-juftlik g‘olibi — Chorak final 4-juftlik g‘olibi

Final

  • Final bosqichining nominal mezboni 2-yarim final juftligi g‘olibi bo‘ladi.

Hozirda chorak finalga faqat “Atalanta”, “Atletiko”, PSJ hamda “Leypsig” klublari yo‘l olgan. Qur’a natijalariga ko‘ra, final o‘yinida ushbu jamolardan biri aniq qatnashadi.

Chorak finalning qolgan ishtirokchilari 7−8 avgust kunlari o‘tkaziladigan o‘yinlardan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Quyidagi juftliklarda 1/8 finalning javob uchrashuvlari o‘tkazilmagan:

  • “Yuventus” — “Lion” (ilk o‘yin — 0:1)

  • “Manchester Siti” — “Real” (2:1)

  • “Bavariya” — “Chelsi” (3:0)

  • “Barselona” — “Napoli” (1:1)

Chorak final bahslari 12−15 avgust, yarim final o‘yinlari esa 18−19 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu bosqichlar, pandemiya sabab, bitta o‘yindan iborat bo‘ladi.
Final bellashuvi esa 23 avgustga rejalashtirilgan.