12 iyun kuni taxminan 9:00 da Yakkasaroy tumanida suv ta’minoti tizimida profilaktika ishlarini olib borayotgan “Suvsoz” kompaniyasining ikki ishchisi halok bo‘ldi, deya xabar qildi Toshkent IIBB matbuot xizmati.

Ishchilar — X.B va X.N. — Kichik halqa avtomobil yo‘lida, “Sazanchik” kafesi qarshisida kommunikatsiya qudug‘iga tushishgan va shu yerda zaharli gazdan zaharlanib, vafot etgan.

Ularni qutqarishga uringan 42 yoshli X. R. zaharli gazdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Hodisa haqida 103 raqamiga guvohlar qo‘ng‘iroq qilgan. Hodisa sabablari o‘rganilmoqda.