AQSH davlat kotibi Mayk Pompeo matbuot anjumanida o‘zining Halqaro diniy erkinlik to‘g‘risidagi hisobotida O‘zbekiston hukumatini mamlakatda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyat yaxshilangani uchun maqtab o‘tdi.

“O‘zbekistonda diniy erkinlik bilan bog‘liq vaziyatni yaxshilash bo‘yicha bir qator qadamlar qo‘yildi va bu davom etmoqda. Yil boshida men ushbu mamlakatda bo‘lganimda, diniy arboblar bilan ajoyib muzokaralar o‘tkazdim”, — deya ma’lum qildi Mayk Pompeo o‘z hisobotida.

Hisobotga ko‘ra, 2019 yilda AQSH hukumati мамлакатда diniy guruhlarga qarshi qaratilgan birorta ham operatsiya o‘tkazilmaganini qayd etgan. 2018 yilda bu raqam 114 ta, 2017 yilda esa 240 tani tashkil etgan.

“Bu katta yutuq, haqiqiy progress, Davlat departamentining sa’y-harakatlari o‘z samarasini bermoqda”, — deya ta’kidlab o‘tdi AQSH davlat kotibi.