Respublika maxsus komissiyasining qaroriga ko‘ra xalq ta’limi tizimidagi tashkilot va muassasalarda 2019−2020 o‘quv yili “online-maktab” loyihasi doirasida tashkil etilgan masofaviy televizion videodarslar orqali yakunlanadi. Bu haqda Adliya vazirligi rasmiy kanali xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, o‘qituvchilar va masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan xalq ta’limi tizimidagi (ta'lim muassasalari, tashkilotlari, hududiy bo‘linmalar) xodimlar o‘z ish faoliyatlarini masofaviy tarzda davom ettiradilar. Ushbu davr mobaynida ularning ish haqi to‘lanadi.