7 aprel soat 15:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 504 nafarni tashkil qilmoqda, deya xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Eslatib o‘tamiz, 7 aprel kuni koronavirus bemorlari soni 15 nafarga oshib, jami holatlar 472 taga yetgan edi. Bunda 30 nafar bemor to‘liq sog‘aygan bo‘lsa, 2 kishi hayotdan ko‘z yumdi.