O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig‘i — Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimiga polkovnik Shoxruh Kamalitdinovich G‘iyosov tayinlandi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.Shoxruh G‘iyosov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O‘zbekiston IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan. Yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.