Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) yadro infratuzilmalarini kompleks o‘rganish bo‘yicha missiyasi INIR (Integrated Nuclear Infrastructure Review) 2020 yilda O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda 19 avgust kuni Toshkentda tashrif bilan bo‘lib turgan MAGATE bosh direktori o‘rinbosari Mixail Chudakov jurnalistlarga ma’lum qildi.

«Biz INIR — yadro infratuzilmalarini integratsiyalashgan tekshiruvini o‘tkazishni taklif qilmoqdamiz, biz O‘zbekiston bilan kelishdik, ular kelgusi yil bunday tekshiruvga buyurtma beradi», — dedi Mixail Chudakov Energetika vazirligi va «O‘zatom» agentligi rahbariyati bilan muzokaralar yakunlari bo‘yicha.

Uning so‘zlariga ko‘ra, MAGATE hujjatlari atom sohasini rivojlantirni maqsad qilgan davlatlarning nazorat qiluvchi va boshqaruvchi organlarini tashkil etishi lozim. «Biz O‘zbekistonda atomni rivojlantirish doirasida missiyalar turkumini o‘tkazishga tayyormiz», — dedi u.

«O‘zatom» bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston aprelda yadro-energetika dasturlari holatini baholash uchun INIR missiyasini o‘tkazishni so‘rab rasmiy murojaat yo‘llaganini ma’lum qildi.

«Oktyabrda Toshkentda o‘zbek mutaxassislarini ushbu missiyaga tayyorlash bo‘yicha MAGATE seminari tashkil etiladi», — dedi u.

MAGATE bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishi loyihasini amalga oshirish doirasida 2020−2021 yillarda kadrlar salohiyatini oshirish va yadro infratuzilmalarini yaratish dasturi ishlab chiqildi.

2018 yilning sentyabrida O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari O‘zbekiston hududida AES qurilishida hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. «Rosatom» davlat korporatsiyasi VVER-1200 reaktoor qurilmalarini o‘z ichiga olgan ikkita «3+» avlod energoblokdan iborat majmuani qurishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston va Rossiya 2019 yil oxiriga qadar AES qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolashi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Qurilish ishlarini 2022 yilda Rossiya hukumati kredit mablag‘larini jalb etgan holda boshlash rejalashtirilgan.