Prezidentning 20 maydagi farmoni bilan Zohidjon Ziyoyev O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi raisining axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va axborot xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati.

U 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlab, 2010 yilda Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiyalar universiteti magistraturasida tahsilni davom ettirdi. O‘tgan yili O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasini tamomladi.

2010−2012 yillarda «O‘zbektelekom» kompaniyasida, 2012−2015 yillarda — Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasida boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 2015−2017 yillarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida xizmat qildi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Tayinlovga qadar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda faoliyat ko‘rsatdi.